Beeline Buxoro, Zarafshon va Navoiy abonentlari uchun 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Beeline Buxoro, Zarafshon va Navoiy abonentlari uchun 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Beeline aloqa operatori Buxoro, Zarafshon va Navoiy abonentlari uchun LTE tarmog‘i ishga tushirilgani haqida xabar beradi.

“To‘rtinchi avlod tarmog‘i abonentlarga xizmatlar va Internet tezligining avvaldagidan ham yuqori bo‘lgan yangi sifatini ochdi. Beeline bu jarayonda faol ishtirok etmoqda va O‘zbekistonning yirik shaharlarini LTE tarmog‘i bilan qoplamoqda”, — deydi Unitel‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov.

4G tarmog‘ining ishga tushirilishi bilan Beeline abonentlarida yanada qulay imkoniyatlar paydo bo‘ldi: mobil vositalar orqali HD-videolarni tomosha qilish, yo‘lda onlayn-musiqani tinglash, «og‘ir» fayllar bilan uzoqdan turib ishlash, yuqori sifat va tezlikni talab qiladigan videoqo‘ng‘iroqlar.

Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://static.beeline.uz/upload/images/4g/Devices_LTE_850.pdf

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.