Beeline‘dan yangi aksiya: Beepul orqali xisob $2 va undan ortig‘iga to‘ldirilganda bonuslar taqdim etiladi

Beeline‘dan yangi aksiya: Beepul orqali xisob $2 va undan ortig‘iga to‘ldirilganda bonuslar taqdim etiladi

Yirik aloqa operatori Beeline “Bonus 50!” aksiyasi boshlangani haqida xabar beradi. Beepul to‘lov tizimi orqali $2 va undan ortiq mablag‘ga xisob to‘ldirilganda Beeline abonentlariga tarmoq ichida 50 daqiqa va 50 SMS, shuningdek 50 Mb internet-trafik taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Beepul – bu Beeline Uzbekistan mobil ilovasidagi Beeline‘ning shahsiy to‘lov tizimi. Beepul orqali to‘lovni amalga oshirish uchun ro‘yhatdan o‘tish va quyidagilar zarur:

  1. UZCARD Online bank kartasining SMS-axborot xizmatini yoqtirish lozim;
  2. Beeline Uzbekistan ilovasiga kirish;
  3. Beeline Uzbekistan ilovasini https://beeline.uz/uz/ saytidan bepul yuklab olish mumkin. Buning uchun *1# (Android), *2# (iOS), *3# (Windows Phone) terib, javob tarzida kelgan SMS‘dagi havola orqali o‘tish lozim.

Beeline Uzbekistan ilovasidagi navigatsion menyuning chap tarafidagi Beepul tizimini tanlab ro‘yhatdan o‘tish lozim.

Bonus berilgan kundan boshlab 7 kun amal qiladi. Bonusni *107# kodi orqali tekshirish mumkin. Bonuslar xisobi to‘ldirilgan raqamga taqdim etiladi. Aksiya 2016 yilning 31 dekabr kuniga qadar amal qiladi. Bonus Status Online tarif rejalari abonentlariga taqdim etilmaydi. Bir kunda abonent besh marotabadan ko‘p bonusga ega bo‘la olmaydi.

Tafsilotlar https://beeline.uz/uz/ saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!