Beeline Farg‘onada 3G tarmog‘ini kengaytirdi
Aloqa operatori Beeline Farg‘ona viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imini kengaytirdi.
“Taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlash uchun kompaniya doimiy ravishda tarmoq sig‘imini kengaytirmoqda. Kun sayin mobil Internetga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda va xizmatlar sifatining oshishi nafaqat muvaffaqiyat garovidir, balki mijozlarning ishonchini oqlash imkoniyatidir”, – dedi Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi yillarda Farg‘ona viloyatida 70 ga yaqin 3G baza stansiyalari ishga tushirilgan.