Beeline foydalanuvchilari uchun zo‘r xushxabar!

  •   DiMaX
  •  2311
  •  17.03.2021 10:44

Beeline foydalanuvchilari uchun zo‘r xushxabar!

Xabaringiz borki, 2020 yilning oktyabrida Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin muddatidan avval ishdan olingan edi. Yaqinda esa ushbu lavozimga 2021 yil 15 martdan Artashes Davtyan tayinlangani ma’lum bo‘lgan, lekin u hatto Toshkentga kelmasdan ham iste’foga chiqqan. Shundan so‘ng...

O‘QING: Beeline’ga bosh direktorni Gruziyadan olib kelishyapti

Bosh direktor sifatida Andjey Malinovskiy tayinlangani haqida kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan. Bundan tashqari, operator o‘zining Beepul to‘lov tizimidan foydalanayotgan abonentlari uchun xushxabar ulashdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 17 martdan boshlab Beepul orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmalarning narxi 0,5% gacha pasaytirilgan. «Beep»lar quyidagi tartibda taqdim etiladi: har 30 000 so‘m uchun 1 «Beep»!

Beepul to‘lov tizimi haqida batafsil ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali Beeline saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!