Beeline "IMO" ilovasi orqali cheksiz ovozli qo‘ng‘iroqlarni taklif etadi

Beeline

Beeline «Bir Oy» va «Status+» tatif rejalari abonentlari uchun mo‘ljallangan mobil aloqa bozoridagi eng noyob taklif — «IMO» ilovasi orqali bepul va cheksiz ovozli qo‘ng‘iroqlarni taqdim etilishi haqida e’lon qiladi.

Endi abonentlar IMO‘ning millionlab foydalanuvchilari qatoriga qo‘shilib, mahalliy va chet eldagi yaqinlari, hamda do‘stlari bilan qo‘ng‘iroq orqali suhbatlashishlari mumkin. Shuningdek, «Erkin muloqot» tarifining abonentlari ham, ushbu taklifdan foydalanishlari mumkin. IMO ilovasi orqali ovozli qo‘ng‘iroqlar uchun 2 048 daqiqagacha mavjud bo‘lib, yoki internet trafik orqali 1GB (IMO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 0,5 Mb evaziga 1 daqiqa to‘g‘ri keladi)ni tashkil etadi.

Tarif reja

Kiritilgan trafik

Amal qilish muddati

Bir Oy

cheksiz

30 kun

Status Silver+

cheksiz

30 kun

Status Gold+

cheksiz

30 kun

Status Platinum+

cheksiz

30 kun

Erkin muloqot

2 048 daqiqagacha, yoki 1 GB

15 kun

Trafik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot Beeline.uz saytida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!