Beeline Rossiyaga ketayotgan abonentlar uchun maxsus taklif tayyorladi

Beeline Rossiyaga ketayotgan abonentlar uchun maxsus taklif tayyorladi

Beeline aloqa operatori Rossiyaga ketayotgan abonentlar uchun joriy etilgan maxsus taklif haqida xabar beradi. Endi abonentlar muloqot uchun manfaatli “Barchasi 300” tarif rejasi yoqilgan “Bilayn Rossiya” SIM-kartasini bepul qo‘lga kiritishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Biz Beeline servisi darajasini yanada oshirish, shu bilan birgalikda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga intilamiz. Endi abonentlar safarga chiqgan paytlarida yaqinlari bilan muloqot qilish uchun alternativ uslublarni qidirishlarining hojati yo‘q. Yangi taklifdan foydalangan holda, ular doimo Rossiyaning har qanday burchagidan uylariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshira oladilar”.

SIM-kartani Toshkentdagi shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislaridan olish mumkin. “Barchasi 300” tarif rejasi haqida batafsil ma’lumot – https://moskva.beeline.ru/customers/products/mobile/tariffs/details/vse-za-300/

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!