Beeline simli Internet abonentlari Click orqali to‘lovlarni amalga oshira oladilar

Beeline simli Internet abonentlari Click orqali to‘lovlarni amalga oshira oladilar

Beeline aloqa operatori FTTB va ADSL simli Internet xizmatlarini Click to‘lov tizimi orqali to‘lash imkonini taqdim etadi. Ushbu xizmat bilan kompaniya abonentlari UzCARD yordamida to‘lovlarni onlayn tizimida, komissiyasiz va uydan chiqmagan holda amlaga oshirib foydalanishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Yaqinda amalga oshirilgan tarif rejalarining takomillashtirilishi va TAS-IX tezligini ikki barobarga oshirilishidan so‘ng biz xizmat ko‘rsatishga diqqat-e’tiborimizni qaratdik, uning muhim bo‘lagi esa – bu to‘lovlarni qulaylik bilan amalga oshirish. Bugungi kunda Click eng ommabop to‘lov tizimlaridan biri hisoblanadi, va biz bu platform bilan hamkorligimizdan mamnunmiz”.

Xizmatdan foydalanish uchun UzCARD Online foydalanuvchisi bo‘lish va yaqin oradagi bankda SMS-xabardor xizmatini yoqtirish lozim.

Tafsilotlar www.click.uz va www.beeline.uz saytlarida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!