Beeline Toshkent shahrining “Status+” tarif rejalari abonentlariga 7 000 MBgacha Internet hadya qilmoqda

Beeline Toshkent shahrining “Status+” tarif rejalari abonentlariga 7 000 MBgacha Internet hadya qilmoqda

Beeline aloqa operatori “Status+” tarif rejalari abonentlari uchun 4G tarmog‘ida oyiga 7 000 MBgacha bepul Internet taqdim etuvchi aksiya joriy etilgani haqida xabar beradi.

“Status Silver+”, “Status Gold+” va “Status Platinum+” tarif rejalari abonentlariga Toshkent shahrining 4G tarmog‘ida 1 500, 3 000 va 7 000 MB mos ravishda taqdim etiladi.

Aksiya 2017 yilning 30 iyun kuniga qadar amal qiladi. “Status+” tarif rejalarining shartlari bilan batafsil Beeline saytida va “Beeline Uzbekistan” mobil ilovasida tanishish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.