Beeline abonentlarga firibgarlardan yetkazilgan zararni qoplaydi!

Beeline abonentlarga firibgarlardan yetkazilgan zararni qoplaydi!

Beeline spam-hujum hisoblangan xorijiy raqamlardan o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarga javoban qayta qo‘ng‘iroq qilgan mijozlarning mobil balanslariga pullarni qaytarb beradi. Kompaniya abonentlardan hushyor, ehtiyotkor bo‘lishni va notanish xorijiy raqamlarning shubhali qo‘ng‘iroqlariga javoban qayta qo‘ng‘iroq qilmasliklarini so‘raydi.

- Avgust oyida chet el raqamlaridan o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarga javoban qayta qo‘ng‘iroq qilgan O‘zbekistondagi aloqa operatorlarning abonentlaridan mablag‘lar yechilib olinishi kabi holatlar qayd etildi. Ushbu firibgarlik Wangiri deb ataladi - firibgarlar o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq qoldiradilar va agar abonent o‘sha raqamga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, terminatsiya uchun pul ishlaydilar. Ro‘yhatga olingan raqamlar blokirovka qilinadi, ammo firibgarlik hujumlarida ishlatiladigan yangi raqamlarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Natijada, ushbu raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilgan abonentlar, o‘zlari bilmagan holda, uyali aloqa operatoriga xalqaro qo‘ng‘iroq uchun to‘lashadi, buning natijada operator tegishli operatorlararo xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Biz abonentlarimizni qadrlaymiz va kelib chiqqan ushbu holat ularning ishtiroki tufayli sodir bo‘lmaganini inobatga olib, kompaniya barcha Beeline abonentlarining xisoblariga xalqaro qo‘ng‘iroq uchun sarflangan mablag‘ni qaytarib berishga qaror qildi. Keyinchalik, barcha uyali aloqa abonentlaridan qo‘ng‘irog‘i o‘tkazib yuborilgan shubhali va notanish raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmasliklarini qat’iy ravishda so‘rab qolamiz. Ayniqsa, bunday qo‘ng‘iroq xalqaro raqamdan amalga oshirilganda. Bu bunday hodisalarni minimallashtirish bilan bir qatorda abonentlarning o‘zlarini himoya qiladi, - deya voqeani sharhladi Beeline‘ning marketing bo‘yicha direktori Xilola Karimbayeva.

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!