Beeline Uzbekistan bosh direktori muddatidan avval ishdan olindi

  •   DiMaX
  •  1501
  •  28.10.2020 08:14

Beeline Uzbekistan bosh direktori muddatidan avval ishdan olindi

2020 yilning 27 oktyabr kuni VEON kompaniyalar guruhi (O‘zbekistondagi Beeline brendi) rahbari Kan Terzioglu bergan xabarga ko‘ra, Unitel MChJ Bosh direktori Sergey Afonin kompaniyani tark etmoqda. Lekin top-menejer bilan tuzilgan shartnoma muddati faqat kelasi yilning mart oyida tugashi kerak edi, deb yozadi UZZOOM nashri.

O‘QING: Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

VEON matnida Afoninning ishdan bo‘shatilishiga «oilaviy sharoitlar» va «global pandemiya paytida sayohatlarga bo‘lgan cheklovlar» sabab bo‘lganligi aytilgan.

Biroq, UZZOOM muharrirlari bilan suhbatlashgan telekommunikatsiyalar bozori ekspertlari Beeline Uzbekistan’ning yettinchi bosh direktorining shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinishining haqiqiy sababi – operator abonentlar bazasining atigi bir yarim yil ichida 22 foizdan ko‘prog‘iga kamayishi, deb o‘ylashmoqda. Mutlaq raqamlarda «Bilayn»ning Afonin yetakchiligidagi zarari 2 million kishidan oshgan (9 109 199 dan 7 091 302 ulanishgacha).

UZZOOM avvalroq Beeline operatori 2020 yilni uyali aloqa bozorining yetakchisi sifatida boshlab, uni uchinchi o‘rinda tugatib, nafaqat Ucell’ga, balki Uzmobile’ga ham o‘rnini bo‘shatib berishi mumkinligi haqida yozgan edi. Uchinchi chorak natijalari faqat noyabrda e’lon qilinadi, ammo hozirda ko‘plab insayderlar bir paytlar eng yirik uyali aloqa operatorining bozor ulushining yanada pasayishini tasdiqlamoqda. Va bosh direktorning yo‘qligi (Afoninning o‘rniga nomzod hali aniq emas) kompaniyaning mavqeini yaxshilashi ehtimoldan yiroq.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!