Beeline “O‘zingga mos Galaxy tanla” aksiyasi bilan bonusli daqiqalar, SMS va Internet taqdim etadi

Beeline “O‘zingga mos Galaxy tanla” aksiyasi bilan bonusli daqiqalar, SMS va Internet taqdim etadi

Beeline aloqa operatori “O‘zingga mos Galaxy tanla” aksiyasi boshlangani haqida xabar beradi, mazkur aksiya doirasida Samsung Galaxy J1, Galaxy J1 Ace, Galaxy J1 Mini, Galaxy J2, Galaxy J3, Galaxy J5, Galaxy J7  smartfonlarini harid qilgan abonentlarga tarmoq ichida har oy 500 daqiqa va 500 SMS, shuningdek 500 Mb Internet uch oy davomida bonus sifatida taqdim etiladi. Galaxy A3, Galaxy A5, Galaxy A7 modelli smartfonlar harid etilganda esa har oy tarmoq ichida 1000 daqiqa va 1000 SMS, shuningdek 2000 Mb 3 oy davomida bonus sifatida taqdim etiladi.

Beeline‘dan bonusga ega bo‘lish uchun:

  1. Smartfon harid qilingan chog‘ida sotuvchi to‘ldirib muhr urilgan kafolat talonini berganiga amin bo‘lish lozish;
  2. Beeline promo-nuqtasidagi promouterga harid qilingan devays va kafolat talonini ko‘rsatish lozim;
  3. Beeline vakilidan mahsus muhr va kafolatli bonuslarni olish uchun kupon olish lozim.

Aksiya 2016 yilning 15 noyabr oyiga qadar davom etadi. Aksiya amal qilish muddatida smartfon harid qilgan abonentlar 2016 yilning 1 dekabr kuniga qadar Beeline ofislaridan biriga bonuslarni olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Kupon olingach, kompaniyaning Markaziy ofisiga pasport bilan tashrif buyurib, muhrlangan yangi harid qilingan devays, sotuvchi muhri urilgan kafolat taloni va promouterlar tomonidan berilgan Beeline kuponini taqdim etish lozim. Xizmat yoqtirilgan chog‘da bonuslar yangi yoqilgan, yoki avvaldan mavjud bo‘lgan raqamga beriladi. Qayta ro‘yhatdan o‘tish yoki ishlatilgan telefonlar uchun bonuslar taqdim etilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot va sovrinli kuponlarni taqdim etuvchi promo-nuqtalarning manzili bilan Beeline sayti orqali tanishish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!