Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

O‘zbekistondagi bir qator mobil operatorlar o‘z mijozlariga ma’lum shartlar asosida xizmatlar ko‘rsatadi va bulardan biri tarif rejalaridir. Har bir kompaniyaning o‘nlab tarif rejalari va tarif rejalar turkumi borligi sabab eng maqbul tanlovni amalga oshirish mijozga har doim ham oson bo‘lmaydi.

Ammo taqqoslash bu vazifani osonlashtirishi turgan gap. Ayniqsa, ikkita kompaniya narxlarini taqqoslash sizga yoqib tushsa kerak — bu bilan siz mijozi bo‘lgan kompaniya o‘z raqobatchisidan narx borasida ustun turadimi yoki aksinchami, bilib olasiz. Shu sababdan quyida Beeline va Ucell kompaniyalari o‘z mijozlariga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqda taqdim etayotgan oylik tarif rejalari haqida ma’lumot beramiz. Qani, boshladik!

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Beeline o‘z mijozlariga 20—70 ming so‘m oralig‘ida faqat «Zo‘r» tarif rejalar turkumini taqdim qilmoqda. Ushbu turkumga: «Zo‘r 2», «Zo‘r 6», «Zo‘r 10» va «Zo‘r 15» tarif rejalari kiradi.

Oyiga 20 000 so‘m to‘lab «Zo‘r 2»da:

•O‘zbekiston bo‘yicha 2000 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 2000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 2000 MB ga ega bo‘lasiz.

Tarif rejasini yoqtirish kodi — *100*36#.

Navbatdagi «Zo‘r 6» tarifida esa kompaniya sizdan oyiga 35 000 so‘m so‘rab, evaziga:

•O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 5000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 6000 MB beradi.

Tarifni faollashtirish uchun *110*60# ni terish kifoya.

«Zo‘r 10» tarifida esa 50 000 so‘m to‘laysiz va bir oyga quyidagilarga ega bo‘lasiz:

•O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 5000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 10 000 MB.

Qiziqdingizmi? Unda, *110*38# ni tering.

Ro‘yxatimizdagi Beeline'ning eng so‘nggi tarifi — «Zo‘r 15» da esa 70 000 so‘m to‘laysiz va bir oyga quyidagilarga ega bo‘lasiz:

•O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 5000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 15 000 MB.

Tarifni faollashtirish uchun *110*39# ni terish kifoya.

E’tibor bering, ushbu tarif rejalarga o‘tish uchun hisobda oylik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lishi kerak. Ushbu tarif rejalari turkumi haqida batafsil ma’lumotni saytimizdan, kompaniya saytidan yoki 06056 qisqa raqamidan oling.

Endi Ucell'ga o‘tamiz. 93/94 kodli bu operator o‘z mijozlarini 20—70 minggacha bo‘lgan quyidagi tariflar bilan siylamoqda: «Zo‘r kayfiyat», «A’lo kayfiyat», «COSMO 23», «COSMO 28», «Special 35», «Special 45», «Special 55», «Special 70», «Katta Tantana», «Super Tantana», «Tantana Unlim». «Zo‘r kayfiyat» tarifi abonentlari oyiga 20 ming so‘m evaziga:

•Tarmoq ichida 1000 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 150 daqiqa;
•Barcha yo‘nalishlarga 500 MB;
•Facebook, Telegram va WhatsApp uchun 1500 MB ga ega bo‘ladi.

«A’lo kayfiyat»dagilar yana 5 ming so‘m qo‘shib, ya’ni 25 ming so‘m evaziga quyidagi paketga ega bo‘ladi:

•Tarmoq ichida 2000 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 200 daqiqa;
•Barcha yo‘nalishlarga 1200 MB;
•Facebook, Telegram va WhatsApp uchun 2000 MB.

«Yerdagi narxlarda kosmik limitlar» beriladigan «COSMO» tarif rejalari turkumidagi tariflarga quyidagilar kiradi.

«COSMO 23» tarifiga ulanib, 23 ming so‘m to‘laysiz va quyidagi paketlarni olasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha 1700 daqiqa;
•Barcha yo‘nalishlarga 4000 MB;
•O‘zbekiston bo‘yicha 400 SMS.

«COSMO 28» tarifida kompaniyaga 28 ming berasiz, u esa sizga quyidagi limitlarni beradi:

•O‘zbekiston bo‘yicha 2200 daqiqa;
•Barcha yo‘nalishlarga 6000 MB;
•O‘zbekiston bo‘yicha 600 SMS.

«Special 35»da 35 ming evaziga kompaniya bilan quyidagilarni almashasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha 2200 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 1000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 8 GB.

«Special 45»da 45 ming evaziga kompaniya bilan quyidagilarni almashasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha 4000 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 2000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 10 GB.

55 ming so‘mning bahridan o‘tib esa, «Special 55»da quyidagilarni olasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 3000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 14 GB.

«Special 70» tarifiga ulanib, 70 ming so‘m to‘laysiz va quyidagi paketlarni olasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 5000 SMS;
•Barcha yo‘nalishlarga 20 GB.


«Katta Tantana» tarifiga ulanib, 20 ming so‘m to‘laysiz va quyidagi paketlarni olasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha 1500 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 1500 SMS.

«Super Tantana» da 30 ming evaziga kompaniya bilan quyidagilarni almashasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha 3000 daqiqa;
•O‘zbekiston bo‘yicha 3000 SMS.

«Tantana Unlim» tarifiga ulanib, 30 ming so‘m to‘laysiz va quyidagi paketlarni olasiz:

•O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
•O‘zbekiston bo‘yicha 300 SMS.

Ucell'da tarif rejangizni almashtirish uchun *120# ni tering.

O‘ylaymizki, ma’lumotlar siz uchun qiziq va foydali bo‘ldi. Unutmang: Terabayt.uz siz uchun izlanishda davom etadi!

O‘QING: UzMobile'ning qo‘pol, Beeline'ning ta’magir operatori bilan suhbatlashdik

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!