Beeline yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

  •   DiMaX
  •  2243
  •  18.04.2020 17:01

Beeline yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Eslasangiz kerak – 2020 yil 18 martdan Beeline o‘z abonentlariga qator yangiliklar saytlarini bepul qilgan, keyin esa Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham o‘z abonentlariga shunday imkoniyatni taqdim etgan edi. Shuningdek, Ucell ham ta’lim va axborot saytlarini narxlashsiz taqdim etishini e’lon qilgan, keyinroq esa «O‘zbektelekom» ham o‘zining simli internet (Uzonline) va mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlari uchun ko‘p imtiyozlar bergan.

O‘QING: Beeline TV’dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish muddati uzaytirildi!

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda ham qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, Beeline kompaniyasi 17 apreldan boshlab bepul ta’lim axborot manbalari ro‘yxatini yanada boyitganini ma’lum qildi.

Endilikda ushbu uyali aloqa operatori abonentlari quyidagi manbalardan ham bemalol foydalanishlari mumkin:

Biz o‘z abonentlarimiz uchun eng qulay sharoitlarni yaratish niyatida, uyda o‘tkaziladigan vaqt foydali va qiziqarli bo‘lishi uchun, kerakli ma’lumotlarni olishga yordam berishga harakat qilamiz, deyiladi xabarda.

O‘QING: IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!