Beeline’ga bosh direktorni Gruziyadan olib kelishyapti

  •   DiMaX
  •  621
  •  15.03.2021 18:10

Beeline’ga bosh direktorni Gruziyadan olib kelishyapti

O‘tgan yilning oktyabrida Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin muddatidan avval ishdan olingan edi. Yaqinda esa ushbu lavozimga 2021 yil 15 martdan Artashes Davtyan tayinlangani ma’lum bo‘lgan. Lekin u hatto Toshkentga kelmasdan ham iste’foga chiqdi.

O‘QING: Beeline Uzbekistan yana bosh direktorsiz qoldimi?

Artashes Davtyan o‘rnini Unitel MChJ bosh direktori lavozimida kim egallashi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi UZZOOM.

Uyali aloqa kompaniyasi rahbari lavozimiga yangi nomzod – Beeline’ni Gruziyada 2017 yildan beri boshqarib kelayotgan Polsha fuqarosi Andjey Malinovskiy bo‘ldi. Tahririyatning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga kelgan top-menejer FMCG va elektron tijorat sohalarida boy tajribaga ega.

O‘zbekistonda Andjey Malinovskiy oldida so‘nggi ikki yil ichida abonentlarning ko‘p soni ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy tendensiyani tugatish vazifasi turibdi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi bosh direktor – Sergey Afonin davrida Beeline ikki millionga yaqin abonentini yo‘qotib, respublikada uyali aloqa bozori yetakchisidan uchinchi raqamli operatorga aylandi.

O‘QING: Beeline abonentlari uchun ajoyib yangilik!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.