Beeline‘ning LTE tarmog‘i ishga tushirilgan shaharlarning barcha abonentlari uchun 4G aksiyalari amal qiladi

Beeline‘ning LTE tarmog‘i ishga tushirilgan shaharlarning barcha abonentlari uchun 4G aksiyalari amal qiladi

Beeline aloqa operatori 4G aksiyalari endilikda Toshkent, Angren, Bekobod, Buxoro, G‘ijduvon, Zarafshon, Qarshi, Navoiy, Namangan va Chirchiq shaharlari abonentlari uchun amal qilishi haqida e’lon qiladi. Yaqin vaqt ichida LTE tarmog‘i kengayishi bilan bir qatorda aksiyalar boshqa shahar abonentlari uchun ham amal qiladi.

“Sizning 4G Bonusingiz” aksiyasi — barcha abonentlariga uch oy davomida barcha yo‘nalishlar uchun 1 Gbayt, TAS-IX doirasida foydalanish uchun esa 5 Gbayt internet-trafik taqdim etiladi.

«Bravo Onlayn» tarif rejasi abonentlari uchun aksiya — hisob to‘ldirilganda abonentlar 2 Gbgacha internet-trafikga ega bo‘ladilar.

“Status+” va “Bir Oy” tariflari abonentlari uchun maxsus taklif — abonentning tarif rejasida necha megabayt yoqilgan bo‘lsa, shuncha internet-trafik taqdim etiladi.

Beeline‘ning Mi-Fi routerlari harid qilingandagi aksiya — Beeline‘dan 4G Mi-Fi router komplektini xarid qilgan barcha abonentlariga 6 oy davomida barcha yo‘nalishlar uchun 5 Gbayt, TAS-IX doirasida foydalanish uchun esa 10 Gbayt internet-trafik taqdim etiladi.

LTE standartida ishlaydigan smartfon va planshet egalari, shuningdek Beeline Mi-Fi routerlari egalari 4G tezligidagi mobil Internetdan foydalanishlari mumkin. Mavjud SIM-kartani maxsus USIMga abonentlar Beeline‘ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirib olishlari mumkin.

Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://static.beeline.uz/upload/images/4g/Devices_LTE_850.pdf

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!