Beeline'ning yangi va hamyonbop tariflari bilan tanishing

Beeline'ning yangi va hamyonbop tariflari bilan tanishing

Unitel MChJga qarashli va ayni damda O‘zbekistondagi yagona xususiy mobil operator bo‘lib turgan «Beeline O‘zbekiston» yaqinda o‘zining «Yangi Xit» tarif rejalari lineykasini taqdim qildi.

Lineyka doirasida 17 777 so‘mdan 59 999 so‘mgacha bo‘lgan jami to‘rtta tarif mavjud bo‘lib, aytish mumkinki, ular anchayin hamyonbop. Ahamiyatlisi, «Yangi Xit» tarif rejalaridan biriga ulanishingiz bilan dastlabku uch oylik abonent to‘lovini chegirmali narxda to‘laysiz.Arzonidan boshlasak. «XIT» tarif rejasi doirasida Beeline sizga oyiga 17 777 so‘m evaziga oylik 30 SMS, tarmoq ichida 300 va O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa va internetning barcha yo‘nalishlariga 1000 MB taqdim etadi. Tarifga o‘tish bepul, ammo balansingizda minimal 18 027 so‘m bo‘lishi talab qilinadi. Tarifga ulangandan boshlab dastkabki uch oylik abonent to‘lovi oyiga 16 000 so‘mni tashkil qiladi.

Resurslar paketi tugaganidan so‘ng, xizmatlarning tariflanishi quyidagicha bo‘ladi:
•Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 100 so‘m/daq.;
•Boshqa yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 125 so‘m/daq.;
•Mahalliy SMS narxi: 100 so‘m/SMS;
•Internet trafik narxi: 630 so‘m/MB.

Tarifga o‘tish uchun *110*36# USSD so‘rovini yuboring.«Super XIT» tarifiga o‘tamiz. Bunda siz oyiga 33 333 so‘m to‘lab 400 SMS, O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqa va 4000 MBga ega bo‘lasiz. Tarifga o‘tish bepul, ulanish uchun balansingizda kamida 33 583 so‘m bo‘lishi kerak. Dastlabki uchta abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘m.

Resurslar paketi tugaganidan so‘ng, SMS, daqiqa va MBlar narxi quyidagicha bo‘ladi:
•Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 100 so‘m/daq.;
•Boshqa yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 125 so‘m/daq.;
•Mahalliy SMS narxi: 100 so‘m/SMS;
•Internet trafik narxi: 630 so‘m/MB.

Tarifga *110*37# USSD so‘rovi orqali ulanish mumkin.«MEGA XIT» tarifiga ulanish bilan esa oyiga 44 444 so‘m evaziga quyidagilarga ega bo‘lasiz:
•O‘zbekiston bo‘ylab 1000 SMS;
•O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqa;
•Barcha yo‘nalishlarga 6000 MB.

Mavjud abonentlarga tarifga o‘tish uchun hisobdagi minimal mablag‘ miqdori: 44 469 so‘m. Ulanish narxi: 0 so‘m. Dastkabki uchta abonent to‘lovi narxi: 40 000 so‘m/oy.

Limitdan tashqari xizmatlarning tariflanishi:
•Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 100 so‘m/daq.;
•Boshqa yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 125 so‘m/daq.;
•Mahalliy SMS narxi: 100 so‘m/SMS;
•Internet trafik narxi: 630 so‘m/MB.

Tarifga o‘tish USSD so‘rovi: *110*38#.Juda ko‘p internet kerak bo‘lganlar uchun esa «TOP XIT» bor. Oyiga 59 999 so‘m evaziga barcha tarmoqlarga 12 000 MB, O‘zbekiston bo‘ylab 5000 daqiqa va SMS ushbu tarif doirasida taqdim qilinadi. Chegirmali uchta abonent to‘lovi: 55 000 so‘m.

Tarif rejasi pakerlaridan tashqari ko‘rsatilgan xizmatlarning tariflanishi:
•Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 100 so‘m/daq.;
•Boshqa yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar: 125 so‘m/daq.;
•Mahalliy SMS narxi: 100 so‘m/SMS;
•Internet trafik narxi: 630 so‘m/MB.

Ulanish uchun balansda kamida 60 249 so‘m bo‘lishi so‘raladi, ulanish bepul. Tarifga o‘tish uchun qurilmangizdan *110*39# USSD so‘rovini tering.

Agarda tarifingiz bo‘yicha taqdim qilingan daqiqa, SMS va trafik tugasa «Perezagruzka» xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali, tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB to‘plamlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatning narxi har bir so‘rov uchun - 2000 so‘m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxi 2000 so‘m bo‘lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi - 2000 so‘m va tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so‘ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig‘i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi - *5#

*****

«Yangi Xit» tarif rejalari seriyasi doirasidagi paketlar qoldig‘ini tekshirish uchun USSD so‘rovlar:
•Daqiqalar qoldig‘ini tekshirish: *106#
•SMS qoldig‘ini tekshirish: *105#
•MB qoldig‘ini tekshirish: *103#

O‘QING: UzMobile'ning qo‘pol, Beeline'ning ta’magir operatori bilan suhbatlashdik