«Beeline»ning yosh abonentlari Maktab.uz saytida bilimlarni bepul olishadi

«Beeline»ning yosh abonentlari Maktab.uz saytida bilimlarni bepul olishadi

Joriy yildan maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari maktab o‘quv dasturining to‘liq kursini qamrab oluvchi videodarslar kutubxonasi va boshqa foydali materiallarni o‘z ichiga olgan Maktab.uz onlayn resursining barcha afzalliklaridan cheklovsiz foydalanishlari mumkin. 

Maktab.uz platformasida 1-11-sinflar uchun o‘quv dasturiga kiritilgan barcha mavzularni o‘rganish mumkin. Material qiziqarli shaklda, zamonaviy yoshlarga yaqin va tushunarli tilda taqdim etilgan. Maktab.uz foydalanuvchilari dasturlash, grafik dizayn, robototexnika, samarali muloqot va yetakchilik kabi ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beruvchi onlayn darslardan ham foydalanishlari mumkin. 

“Har bir «Beeline» mijozining – o‘z maqsadi bor. Raqamli xizmatlarning yosh foydalanuvchilari uchun bu – bilim olishdir. Ular qanchalik ko‘p bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishsa, maktabdagi muvaffaqiyatlari shunchalik oshib boradi. Va ular katta bo‘lganlarida hayotda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadilar. Shuning uchun biz foydali ta’lim resursini barcha foydalanuvchilar uchun bepul qilishga qaror qildik. Endi o‘quvchilar juda ko‘p qiziqarli narsalarni o‘rganishlari mumkin, jumladan, Internet-trafikning narxi va iste’molidan qat’i nazar, mashhur zamonaviy kasblar haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin”, — dedi «Beeline Uzbekistan»ning tijorat direktori Maksim Yefremov. 

Portalga kirish faqat proksi-serverlar, jumladan VPN orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda haq olinadi. Portal bepul bo‘lishi uchun Maktab.uz saytiga telefon ishlab chiqaruvchining shaxsiy brauzeri orqali kirish tavsiya etiladi. Qiyinchilik yuzaga kelsa, maslahat uchun operator salonlariga murojaat qiling. 

«Unitel» MChJ 2006-yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. «Beeline Uzbekistan» bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

«Beeline Uzbekistan»da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. «Beeline» SB O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliqlar to‘langan. 

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

O‘QING: 2021 yilning eng ommabop 20 ta smartfoni