Behuda quvonmang: «O‘zbektelekom» abonentlarni SMS-spamdan ogohlantirmoqda

  •   DiMaX
  •  1535
  •  26.03.2020 13:45

Behuda quvonmang: «O‘zbektelekom» abonentlarni SMS-spamdan ogohlantirmoqda

Bugungi kunda yurtimizda turli befoyda xabarlar – SMS-spamlar ham tarqalmoqda. Jumladan, UZTELECOM o‘zining mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlarini shunday spamdan ogohlantirdi.

O‘QING: Karantin davrida internet va telefon bilan bog‘liq savollarga AKT Vazirligi javob berdi

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi murojaatida shunday deyiladi:

Hurmatli «O‘zbektelekom» AK mobil aloqa abonentlari!

Agar siz quyidagi mazmundagi SMS xabar qabul qilsangiz:

«Ertaga Uzmobile-ni tug'ilgan kuni shuni 20 odamga jo'nating va sizga 700 daqiqa 20 Gb beradi. Jo'natib bo'lsangiz *107# terib tekshirib ko'ring», – iltimos, ishonmang.

Bu – mobil aloqa operatori faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan spam hujumidir. Ehtiyot bo‘ling va SMSda ko‘rsatilgan shartlarni bajarmang! Amalga oshirilayotgan aksiyalar haqidagi barcha ishonchli ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tushunganingiz uchun rahmat.

O‘QING: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!