«Beli baquvvat» Galaxy A03s kutilganidan past narxda chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  8342
  •  17.08.2021 09:48

«Beli baquvvat» Galaxy A03s kutilganidan past narxda chiqyapti!

Yaqinda Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy A03s rusumli smartfonini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan edi. Janubiy koreyalik texnogigant uni avgustda namoyish etishi haqidagi gap-so‘zlar rost, shekilli, chunki...

O‘QING: 5000 mAs batareyali Galaxy A03s allaqachon Samsung saytiga chiqdi

91mobiles nashri avvalroq Samsung Galaxy A03s modelining asosiy texnik xususiyatlarini e’lon qilgan edi, endi esa uning narxlari haqida ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur smartfon MediaTek Helio P35 protsessori bazasida tayyorlangan bo‘lib, sig‘imdor – 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Samsung uni diagonaliga 6,5 dyuymlik, HD+ formatli ekran, uchtalik (13 + 2 + 2 MP) bosh va 5 megapiksellik old kameralar bilan ta’minlagan.

Yevropada ushbu qurilmaning bazaviy, ya’ni yezkor/ichki xotirasi tegishlicha 3/32 gigabaytlik varianti 150 yevro narxida sotuvga chiqishi aytilgan edi. 91mobiles nashriga ko‘ra, Hindistonda uning uchun 11499 rupiy miqdorida narx belgigangan, bu esa 132 yevroga to‘g‘ri keladi.

Galaxy A03s smartfonining ikkinchi – 4/64 gigabaytlik variantini esa «Fillar o‘lkasi»da 12499 rupiyga (taxminan 143 yevroga) olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda sotilayotgan ayrim Samsung Galaxy smartfonlarining avgust oyidagi narxlarini esa mana bu yerda e’lon qilganmiz.

O‘QING: Yangi smartfon Galaxy S21 Ultra’ning «burnini yerga ishqab», uch karra rekordchi bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.