«Beli baquvvat» hamyonbop smartfon – Galaxy M31 Prime ham rasman namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  2987
  •  10.10.2020 15:43

«Beli baquvvat» hamyonbop smartfon – Galaxy M31 Prime ham rasman namoyish qilindi

Samsung kompaniyasining Galaxy M31 Prime rusumli smartfonining xususiyatlarini kuni kecha Amazon India onlayn do‘koni sotib qo‘ygan edi. Endi janubiy koreyalik korporatsiya shu modelining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi.

O‘QING: Bor-yo‘g‘i 115 dollarga 6000 mAh batareya, 7 dyuymlik ekranli smartfon chiqdi!

Samsung Galaxy M31 Prime Edition modeli Hindistonda, hozircha faqat Amazon onlayn do‘konida sotilmoqda. Xarid jamlanmasiga Amazon Prime obunasi ham kiritilgan bo‘lib, smartfonning 6/64 gigabaytligi uchun 226 AQSh dollariga teng narx qo‘yilgan. Amazon saytida uning 128 gigabaytlik ichki xotirali varianti ham chiqishi aytilgan, biroq uning narxi e’lon qilinmagan. Mazkur qurilma 16 oktyabrdan boshlab, ko‘k korpusda sotila boshlaydi.

Boshqa xususiyatlariga kelsak, Galaxy M31 Prime ekrani Super AMOLED ekanligi ma’lum, biroq o‘lchami aytilmagan. Displeyning tomchisimon kemtigida 32 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Kvadrokamera bo‘lsa 64, 8, 5 va 5 megapiksellik sensorlardan iborat. Korpusning orqa panelida, to‘rtburchak shakldagi kamera blogidan tashqari, barmoq izi skaneri ham bor.

Samsung Galaxy M31 Prime apparat ta’minoti asosini Exynos 9611 protsessori tashkil qilgan. Akkumulyatori ancha sig‘imdor – 6000 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanadi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon avtonomligi Wi-Fi orqali 21 soat internetda kezishga, 26 soat video ko‘rishga, 48 soatlik so‘zlashuvga va videoqo‘ng‘iroqqa, 119 soat musiqa tinglashga yetadi.

Ushbu «beli baquvvat» smartfonning Hindistondan boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Naq 7000 mAh batareyali Galaxy M51 sotuvga chiqdi: narx va jihatlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!