Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

  •   DiMaX
  •  2124
  •  31.10.2020 17:30

Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Shu yil martning so‘ngida taqdim etilgan kamerofon – Huawei P40 Pro flagmani o‘shanda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan edi. Uning rekordini Xiaomi kompaniyasi 11 avgust kuni taqdim etgan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli sindira olgan. Lekin yaqindagina...

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

Huawei korporatsiyasi o‘zining yangi chiqqan smartfonlari bilan Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmanining rekordlarini sindirishda davom etmoqda. Kameralar jangida uni Mate 40 Pro mahv etgan bo‘lsa, samaradorlik sinovida uning «plyusli» versiyasi – Huawei Mate 40 Pro+ eng zo‘ri bo‘lib chiqdi.

Xullasi kalom, Master Lu benchmarki ikkita xitoylik kompaniyaning eng zo‘r flagmanlarini ishlash tezkorligi bo‘yicha o‘zaro taqqoslab ko‘rsatdi.

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Mi 10 Ultra faqat «operativka» tezligi bo‘yicha raqibidan salgina ustun kelgan. Boshqa barcha jihatlariga ko‘ra va umumiy hisobda ham Huawei Mate 40 Pro+ g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Xitoycha Apple» yubiley flagmanida Snapdragon 865 chipseti qo‘llangan bo‘lsa, Mate 40 Pro+ modelida Huawei o‘zining eng yangi – Kirin 9000 protsessorini qo‘llagan. Ya’ni, aytish mumkinki, xitoylik texnogigant yuqoridagi test natijasiga ko‘ra Qualcomm ustidan ham g‘alaba qozongan.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!