Benchmarkda Xiaomi Black Shark Helo hamda Huawei Mate 20’lardan ustun kelgan flagman bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1773
  •  17.11.2018 14:28

Benchmarkda Xiaomi Black Shark Helo hamda Huawei Mate 20’lardan ustun kelgan flagman bilan tanishing!

Har gal biror kompaniya yangi smartfon taqdim etganida, ko‘pincha hatto taqdimotdan ham avval uning samaradorligi benchmarklarda sinab ko‘riladi. Bunday xizmat taklif etuvchi servislar orasida AnTuTu’ning o‘ziga yarasha o‘rni bor.

O‘QING: Eng kuchli Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu, 2018 yil noyabr): uchta yuksak o‘rin endi boshqa xitoylikka tegishli!

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘tgan hafta o‘zining yangi o‘yinbop smartfoni – Nubia Red Devil modelini taqdim etgandi. Lekin ayrim nashrlar bu qurilmaning Red Magic Mars deb nomlanganini yozmoqda.

Xullas, ushbu geymerofon AnTuTu hamda Master Lu benchmarklarida Nubia NX619J model raqami ostida testdan o‘tkazib ko‘rilgan. Mazkur sinovlarda smartfonning Snapdragon 845 protsessori hamda 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega namunasi qatnashgan. Bundan tashqari, uning 10 gigabaytlik “operativka”li versiyasi ham mavjud.

O‘QING: Nubia Red Devil taqdim etildi: atigi 560 dollarga Snapdragon 845 va 10 GB «operativka»li geymerofon!

Master Lu benchmarkida bu o‘yinbop model 361 730 ball to‘plab, aynan shunday protsessor va tezkor xotiraga ega Nubia X smartfonidan (311 441 ball) ustun kelgan:

AnTuTu servisida esa Nubia Red Devil (yoki Nubia Red Magic Mars) salkam 320 000 ball olgan. Bu esa Xiaomi kompaniyasining yangi geymerofoni – Black Shark Helo (309 000 ballga yaqin) hamda Huawei Mate 20 turkumi flagmanlaridan yuqori natijadir!

Nubia kompaniyasi ushbu geymerofonini dekabr oyida sotuvga chiqaradi, ammo uning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi gumon. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi hamda Huawei smartfonlarini onlayn usulda – uydan yoki ofisdan chiqmay turib xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!