Benchmarkda yangi Samsung protsessori iPhone 12 Pro Max’nikidan ham o‘zib, rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  790
  •  01.07.2021 10:53

Benchmarkda yangi Samsung protsessori iPhone 12 Pro Max’nikidan ham o‘zib, rekord o‘rnatdi!

Samsung korporatsiyasi hozirda AMD bilan hamkorlikda Exynos seriyasidagi yangi flagman protsessor ustida ishlamoqda. Internetda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu platformali smartfon grafika samaradorligi bo‘yicha Apple’ning eng so‘nggi va eng kuchli flagmanidan ham zo‘r bo‘ladi.

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

Janubiy koreyalik texnogigant Radeon grafik chipiga hamda Cortex A77 yadrlariga ega bo‘lgan yangi Exynos chipsetni testdan o‘tkazmoqda. Ice universe nikli mashhur insayder mazkur protsessorning 3DMark benchmarkidagi natijasi skrinshotini ulashdi.

Ko‘rib turganingizdek, sinab ko‘rilgan platforma 50 fps rejimidagi testda 8134 ball olgan. Apple A14 Bionic protsessorli Apple iPhone 12 Pro Max esa 40 fps rejimi bilan 7442 ballik natija ko‘rsatgan. IZOH: «fps» tushunchasi inglizcha «Frames Per Second»dan qisqartirib olingan bo‘lib, «bir soniyadagi kadrlar soni»ni anglatadi.

Eslatib o‘tamiz: yuqoridagi test yaxlit Exynos platformasiga emas, balki uning tarkibidagi grafik tezlatkichga tegishli. Lekin baribir ushbu natija Android-smartfon uchun juda yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Exynos chipsetida qo‘llanayotgan Radeon grafik protsessori eng so‘nggi – RDNA2 mobil arxitekturasiga asoslanadi.

O‘QING: Gigant akkumulyatorli Galaxy M52 5G benchmarkda: hamyonbop smartfonda Snapdragon 888 flagmani?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!