Bepul IVI obunasi yana bir oyga uzaytirildi!

  •   DiMaX
  •  666
  •  04.07.2020 15:05

Bepul IVI obunasi yana bir oyga uzaytirildi!

«O‘zbektelekom» shu yilning 22 iyunidan jismoniy shaxslar uchun «UNLIM» seriyasidagi cheksiz tariflari yangilagan edi. Endi ushbu tariflar abonentlari uchun yana bir qulaylik taqdim etildi.

O‘QING: Yana bir mobil tarifda megabaytlar limiti naq 25 foizga oshirildi!

UZTELECOM rasmiy sayti xabariga ko‘ra, «IVI-izolyasiya operatsiyasi! 30 kunlik bepul obuna» aksiyasi yana bir oyga – 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytirildi. Uning doirasida xorijiy blokbasterlar, Rossiyaning eng zo‘r kinolari, dunyoning ilg‘or animatsion va diniy seriallaridan bahramand bo‘lishdek ajoyib imkoniyat yana qo‘shimcha bir oy davomida BEPUL taqdim etiladi.

Xizmat «UNLIM» seriyasi tarif rejalariga ulangan va Aksiya davrida faol holatda bo‘lgan abonentlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri faollashtiriladi. Obunaning bepul davri tugaganidan so‘ng avtomat tarzda pullik davr faollashtiriladi. UZTELECOM abonentlari uchun IVI obunasining maxsus narxi oyiga 15 000 so‘mni tashkil etadi. Mablag‘ni avtomat tarzda yechib olinishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganda va IVI xizmatidan abonent bir yoki undan ko‘p marta foydalanganda yechib olinadi. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, IVI onlayn kinoteatr obunasi uchun to‘lov yechib olinishi uchun shaxsiy hisobda yetarli mablag‘ bo‘lishi zarur.

Aksiya va uning shartlari mazkur havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.