Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

  •   DiMaX
  •  2777
  •  29.09.2020 18:02

Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

Yurtimizda uyali aloqa operatorlari pandemiya sharoitida onlayn ta’limni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratib kelishmoqda. Bu borada talabalar, o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylarga mo‘ljallangan «MAKTAB», «TA’LIM», «Talaba», «Talaba+» va «BOLAJON» kabi tarif rejalarini misol qilib keltirish mumkin.

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

Ucell yaqinda teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS taqdim etiladigan «Bonuslar mavsumi»ni boshlagan edi. Endi esa mazkur aloqa operatori ta’limiy resurslarga bepul kirish imkoniyati bo‘yicha xushxabar e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning 11 yanvarigacha (shu kuni ham) quyidagi internet-resurslardan trafik uchun to‘lovsiz foydalanish mumkin:

  1. dtm.uz
  2. 5fan.dtm.uz
  3. onlinetest.dtm.uz
  4. nsfla.dtm.uz
  5. online.inha.uz
  6. xanakademiyasi.uz
  7. online-maktab.uz
  8. maktab.uzedu.uz
  9. talim.uzedu.uz
  10. utube.uz
  11. itschool.uz
  12. coronavirus.uz
  13. maktab.piima.uz
  14. ziyonet.uz
  15. tube.edu.uz
  16. dist.edu.uz
  17. mt.edu.uz
  18. pf.bimm.uz
  19. lib.bimm.uz
  20. mt.bimm.uz

Shuningdek, narxlanmaydigan internet-resurslar ro‘yxatiga endi quyidagi saytlar ham qo‘shilgan:

  1. qabul.maktab.uz
  2. olympiad.uzedu.uz
  3. attestat.uzedu.uz
  4. erp.maktab.uz
  5. ish.uzedu.uz
  6. bam.uzedu.uz
  7. ustozovozi.uzedu.uz
  8. gis.uzedu.uz
  9. xt.uzedu.uz
  10. rtmuz.uz
  11. avloniy.uz
  12. cict.uz

Ushbu resurslardan bepul foydalanish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola yordamida Ucell saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Endi zerikarli gudok eshitish o‘rniga «Videogudok» tomosha qilasiz!