Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

  •   DiMaX
  •  4417
  •  07.08.2020 14:58

Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi insoniyat uchun eng katta muammolardan biri bo‘lib turibdi. Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts esa insoniyatni hali undan ham dahshatli falokat kutayotganini aytdi.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi»

Tadbirkorning ta’kidlashicha, Yer atmosferasining ifloslanishi ham insoniyat uchun koronavirus kabi halokatli bo‘lishi mumkin. Milliarder o‘zining blogida yozishicha, iqlimiy falokat shu yaqin o‘n yilliklardayoq sodir bo‘ladi.

Microsoft muassisining fikriga ko‘ra, bir necha o‘n yillarda ekologiya bilan bog‘liq global tanazzul sayyorani qamrab oladi. O‘lim holatlari ko‘payadi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keladi. «Koronavirus pandemiyasi qanchalik dahshatli bo‘lsa, iqlim o‘zgarishi undan ham battar bo‘lishi mumkin», deydi u.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkin»

Geytsning taklifiga ko‘ra, falokatning oldini olish uchun atmosferaga parnik gazlarining chiqarilishini keskin kamaytirish kerak. Zero, dunyo bo‘ylab ekologiyaning yomonlashuvi ortidan yuzaga keladigan kishilar o‘limi ko‘payishi va iqtisoddagi muammolar COVID-19 pandemiyasidan ko‘ra uzoqroq davom etadi.

«2100 yillarga borib, iqlim o‘zgarishlari koronavirusdan ko‘ra besh karra ko‘proq o‘limga sabab bo‘ladi», – deyiladi tadbirkor blogida.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan. Ayrimlar uni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

O‘QING: Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!