«Beshni tashla!»: Vivo ham 5G-smartfon taqdimotiga taklif etyapti

  •   DiMaX
  •  473
  •  20.06.2019 09:10

«Beshni tashla!»: Vivo ham 5G-smartfon taqdimotiga taklif etyapti

Vivo kompaniyasi ko‘plab yetakchi smartfonsozlar uddalay olmagan ayrim texnologiyalarni birinchi bo‘lib o‘z qurilmalariga joriy etib kelayotir. Endi esa u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlaydigan smartfon tayyorlaganini ma’lum qildi.

O‘QING: Smartfon bozori: nafaqat Huawei, balki yana bir xitoylik kompaniya Apple’dan o‘zib ketdi!

Kuni kecha xabar berganimizdek, Shanxay shahrida 26–28 iyun kunlari Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Vivo unda o‘zining ilk 5G-smartfonini namoyish etishini e’lon qiladi.

Kompaniya bu haqdagi Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatgan tizerida «Beshni tashla!» («Give me 5!») shiorini qo‘llagan:

Garchi keyingi haftada rasman ko‘rsatilsa-da, Vivo bu qurilmasini keyingi yilgina savdoga chiqarishi mumkin, demoqda mutaxassislar. Shuningdek, hozircha ushbu 5G-smartfon qanday nomlanishi va uning texnik xususiyatlari, dizayni va narxi ham ma’lum emas.

O‘QING: Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!