Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

  •   DiMaX
  •  2592
  •  16.03.2021 14:47

Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

Ucell uyali aloqa operatori yaqinda Toshkent metrosining barcha bekatlarida uyali aloqa va mobil internet xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan edi. Shuningdek, u o‘z ofislarida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsata boshlagan.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Mazkur kompaniya endi Toshkent shahri, shuningdek, Samarqand, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisi uchun «Bahorgi syurpriz» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida mazkur operator abonenti bo‘lish va 30 kunga O‘zbekiston bo‘yicha muloqot uchun 2000 daqiqa, 2000 SMS hamda 2 GB internet ko‘rinishida syurpriz olish mumkin!

Aksiyada ishtirok etish uchun «Cosmo» tizimidagi tariflar, «Oddiy»*, «Tantana», «Katta Tantana», «Special 35», «Special 45», «Special 55», «Special 70», «Special 80», «Special 100», «Special 125» tarif rejalaridan biriga ulanish lozim. Bonuslarni faollashtirish uchun Siz maxsus sotuv nuqtalaridan syurprizli konvert olishingiz, keyin Ucell yangi SIM-kartasini Kompaniyaning istalgan bir eng yaqin ofisida yoki o‘z hududingizdagi dilerlik nuqtasida faollashtirishingiz kerak bo‘ladi.

*«Oddiy» tarif rejasi Namangan shahridan tashqari quyidagi hududlarda: Toshkent shahri, Samarqand, Andijon va Farg‘ona uchun amal qiladi.

Sizda SIM-kartani faollashtirgandan keyin darhol 24 soat mobaynida O‘zbekiston bo‘yicha 2000 daqiqa, 2000 SMS hamda 2 GB internet ko‘rinishida bonus olish imkoniyati mavjud.

Bonusni faollashtirish uchun Siz *733# USSD-so‘rovini terishingiz va sovg‘a sertifikatida ko‘rsatilgan, 14 ta belgili maxsus promokodni kiritishingiz lozim.

Bonus holatini va/yoki bonus limitlar qoldig‘ini tekshirish *734# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi. Bonus limitlarning amal qilish muddati – faollashtirilgan paytidan boshlab 30 kun.

«Bahorgi syurpriz» aksiyasining amal qilish muddati – 2021 yil 20 aprelgacha. Aksiyaning amal qilish davrida aksiya ishtirokchisi bitta abonent raqamiga faqat bitta promokod faollashtirishi mumkin.

O‘QING: Operator yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!