Beshta mobil xizmatdan bir oy bepul foydalanib, 3 dona Samsung planshetidan birini yutib oling!

  •   DiMaX
  •  865
  •  04.08.2021 12:29

Beshta mobil xizmatdan bir oy bepul foydalanib, 3 dona Samsung planshetidan birini yutib oling!

Ucell uyali aloqa operatori «Try and Buy *770#» aksiyasi doirasida Avgust oyida 3 dona Samsung planshetini yutuqqa qo‘ydi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlar yangilandi: megabaytlar ko‘paygan, narxlar esa oldingidek!

Avgust oyida Siz «Try and Buy *770#» aksiyasi doirasidagi xizmatlardan bepul foydalanib, 3 dona zo‘r Samsung planshetini yutib olish imkoniga ega bo‘lishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Bir oy muddatli 5 ta xizmat, 3 dona Samsung plansheti va bularning barchasi oyiga 0 so‘m evaziga! Ulatish uchun *770# tering va qiziqarli kontent menyusiga o‘ting.

Avgust quyidagi xizmatlar taklif etilmoqda:

  1. Samsung plansheti yutib olish mumkin bo‘lgan «Moliyachi» xizmati.
  2. Samsung plansheti yutib olish mumkin bo‘lgan «SMS-Chat» xizmati.
  3. Samsung plansheti yutib olish mumkin bo‘lgan «IVR Tanishuvlar» xizmati.
  4. «Hammasi O‘zbekiston haqida» xizmati.
  5. «Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari» xizmati.

Ushbu xizmatlardan 2021 yil 1 dan 31 avgustgacha mutlaqo bepul foydalaning.

O‘QING: Eng ko‘p foyda ko‘rgan korxonalar o‘ntaligiga bittagina mobil operator kirdi (O‘zbekiston, 2020 yil)

Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  1. «Moliyachi», «SMS-Chat» va «IVR tanishuvlar» xizmatlariga obuna bo‘lish.
  2. Aksiya o‘tkazilishining butun davri mobaynida faol foydalanuvchi bo‘lish.
  3. Sovrinlar yutuqli o‘yini 11.09.202 sanasida o‘tkaziladi, yutish uchun g‘olibni e’lon qilish paytida obuna bo‘lgan bo‘lish talab etiladi.

Muhim! Agar abonentlar sovrin o‘ynalmaydigan xizmatlarga obuna bo‘lgan bo‘lsalar, ular yutuqli o‘yinda ishtirok eta olmaydilar, ammo aksiya doirasida bu xizmatlardan 31.08.2021 sanasigacha mutlaqo bepul foydalana oladilar.

«Moliyachi», «SMS-Chat» va «IVR tanishuvlar» xizmatlari ham 31.08.2021 sanasigacha bepul taqdim etiladi. Sentyabrda aksiya tugaganidan so‘ng «Moliyachi», «SMS-Chat» va «IVR tanishuvlar» xizmatlari obunachilari orasidan uch nafar (har bir xizmatdan 1 nafardan) tasodifiy g‘olib aniqlanadi.

Avgust oyidagi «Try and Buy *770#» aksiyasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun mazkur havola orqali Ucell saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)