Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

  •   DiMaX
  •  3627
  •  04.06.2020 11:05

Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

Xiaomi beshta modeldagi qurilmalar egalarini mayning ilk haftasidanoq MIUI 12 testlariga rasman taklif etgan edi. Shulardan ikkitasiga esa u allaqachon mazkur grafik qobiqqa asoslangan global barqaror proshivkani tarqatayotgani haqida yozgandik.

O‘QING: 13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

Endi esa kompaniya, o‘zi va’da qilganidek, apdeytning birinchi to‘lqinida rejalashtirilgan beshta rusumdagi qurilmasiga iyunning boshidayoq beta versiyasidagi proshivkalarni yubormoqda. Bu ro‘yxatga yuqorida ta’kidlangan ikkita model ham kiritilgan:

  1. Xiaomi Mi 9
  2. Xiaomi Mi 9T
  3. Xiaomi Mi 9T Pro
  4. Redmi K20
  5. Redmi K20 Pro

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bulardan Xiaomi Mi 9T smartfoni aslida Redmi K20 modelining, Xiaomi Mi 9T Pro esa – Redmi K20 Pro gadjetining boshqa bozorlarga mo‘ljallangan nomlaridir.

Ushbu ro‘yxatdagi smartfonlarga MIUI 12 Beta Stable ROM proshivkasi bosqichma-bosqich tarqatila boshlagan. Agarda siz o‘z navbatingizni kutishni istamasangiz, u holda mana bu havola orqali o‘tib, smartfoningiz rusumiga ko‘ra uning proshivkasini yuklab olishingiz va qo‘lda o‘rnatishingiz mumkin. Biroq bu borada tajribangiz bo‘lmasa, ustasiga topshirganingiz ma’qul.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.