Beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalarini global MIUI 12 testlariga rasman taklif etishyapti!

  •   DiMaX
  •  2344
  •  07.05.2020 17:46

Beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalarini global MIUI 12 testlariga rasman taklif etishyapti!

Xiaomi kompaniyasi MIUI 12 grafik qobig‘i taqdim etganidan keyingi bir sutkadayoq uni kompaniyaning milliondan oshiq smartfonlariga yuklab olishgan. Undagi «super oboy»lar tushadigan smartfonlar ro‘yxatini hamda «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalarni e’lon qilganmiz. Redmi brendi esa ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini ham aytgan.

O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

«Xitoycha Apple» endi Xiaomi hamda Redmi brendi smartfonlarining xalqaro foydalanuvchilarini ham MIUI 12 grafik qobig‘ini sinab ko‘rishga rasman taklif etmoqda. Aytish kerakki, mazkur proshivka hozircha faqat Xitoyning o‘zida yopiq beta-test jarayonida sinalmoqda, o‘z yurtidagi ochiq beta-sinovlar esa 8 may sanasidan boshlanadi.

Kompaniya endi MIUI 12 Pilot xalqaro dasturi uchun butun jahondan ishtirokchilar to‘playapti. Unda quyidagi modellar egalari qatnashishlari mumkin:

  1. Xiaomi Mi 9
  2. Xiaomi Mi 9T
  3. Xiaomi Mi 9T Pro
  4. Redmi K20 Pro (Hindiston)
  5. Redmi K20 (Hindiston)

Mazkur rusumlardagi smartfonlar egalari mana bu hujjatni to‘ldirgan holda MIUI 12 Pilot dasturida qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.

MIUI 12 barqaror versiyasi yozda taqdim etiladi, Xiaomi hamda Redmi smartfonlariga uning tarqatilishi esa uch bosqichda amalga oshiriladi. Android 10 asosidagi mazkur proshivka qayta ishlangan interfeys, yangi bosqichdagi animatsiyalar, yaxshilangan tungi mavzu, mustahkam xavfsizlik va boshqa ko‘plab yangi imkoniyatlar taklif etadi.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!