Beshta xizmatdan bir oy bepul foydalanib, to‘rtta Redmi 9 smartfonidan birini yutib oling!

  •   DiMaX
  •  1225
  •  04.06.2021 13:28

Beshta xizmatdan bir oy bepul foydalanib, to‘rtta Redmi 9 smartfonidan birini yutib oling!

Yaqindagina Ucell uyali aloqa operatori 13 iyungacha amal qiluvchi «Hayit 2021» xizmatini joriy etgan edi. Shuningdek, mazkur kompaniya 75 foiz chegirmali «Magic Weekends» aksiyasini joriy qilgan. Bundan tashqari...

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlar yangilandi: megabaytlar ko‘paygan, narxlar esa oldingidek!

Mazkur operator «Try and Buy» aksiyasi davom etayotgani va uning doirasida nafaqat qiziqarli servislardan bir oy davomida bepul foydalanishingiz, balki to‘rtta Xiaomi Redmi 9 smartfonidan birini yutib olishingiz mumkinligini e’lon qildi.

«Try and Buy» aksiyasiga qo‘shilish uchun *770# tering va qiziqarli kontent menyusiga o‘ting. Mazkur aksiya doirasida iyun oyida quyidagi servislar taklif etilmoqda:

  1. Xiaomi Redmi 9 yutib olish mumkin bo‘lgan «SMS-Chat» xizmati.
  2. Xiaomi Redmi 9 yutib olish mumkin bo‘lgan «IVR Tanishuvlar» xizmati.
  3. Xiaomi Redmi 9 yutib olish mumkin bo‘lgan «Sevgi haqida kulgili SMSlar» xizmati.
  4. Xiaomi Redmi 9 yutib olish mumkin bo‘lgan «O‘zbekiston futboli yangiliklari» xizmati.
  5. «Musiqaviy pleyer» xizmati.

Yuqorida ko‘rsatilgan servislardan 2021 yil 1 iyundan 30 iyungacha mutlaqo bepul foydalaning. Aksiya yakuniga yetganida 4 nafar (har bir servisdan 1 nafardan) g‘olib tasodifiy usulda aniqlanadi. Sovrinlar yutuqli o‘yini 11.07.2021 sanasida o‘tkaziladi, yutuq uchun g‘olibni e’lon qilish paytida obuna bo‘lgan bo‘lish talab etiladi.

Agar abonentlar sovrin o‘ynalmaydigan servislarga obuna bo‘lgan bo‘lsalar, ular yutuqli o‘yinda ishtirok eta olmaydilar, ammo aksiya doirasida servislardan 30.06.2021 sanasigacha mutlaqo bepul foydalana oladilar, 1 iyuldan ushbu xizmatlar yana pulli bo‘ladi.

«Try and Buy» aksiyasi va uning doirasida iyun oyida bepul taqdim etilayotgan xizmatlar haqida mana bu havola orqali Ucell saytidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

O‘QING: Tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa – atigi 15 000 so‘mga!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.