Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

  •   DiMaX
  •  3168
  •  29.12.2020 17:39

Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

Kuni kecha biz 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni ro‘yxatini, shuningdek, so‘nggi haftada eng ommalashgan telefonlar o‘ntaligini ham taqdim etgan edik. Gizmochina portali mutaxassislari Android tizimli smartfonlarning turli jihatlariga ko‘ra eng yaxshilarini e’lon qilishdi.

O‘QING: 2020 yilning eng yaxshi smartfonlari (GSMArena talqini)

Ekspertlar quyidagi qurilmalarni o‘z toifasiga ko‘ra eng zo‘ri, deya e’tirof etishgan:

  1. Eng kuchli kamerofon – Huawei Mate 40 Pro+. Bu gadjet har qanday yoritilganlik sharoitida ham ajoyib suratga oluvchi pentakamera bilan jihozlangan.
  2. Eng yaxshi «universal flagman» – Xiaomi Mi 10. Mazkur model smartfonga qo‘yiladigan aksariyat talablarga javob beradi.
  3. Narx va sifat uyg‘unligiga ko‘ra eng yaxshi flagman – Xiaomi Mi 10T Pro 5G. Bu qurilma 144 gerslik ekran, Snapdragon 865 protsessori, uchtalik kamera va baquvvat akkumulyatorga ega.
  4. Eng yaxshi buklama smartfon – Samsung Galaxy Z Fold 2.
  5. Eng yaxshi arzon 5G-smartfon – OnePlus Nord.

Eslatib o‘tamiz – 28 dekabrda Snapdragon 888 chipli ilk flagman – Xiaomi Mi 11 kutilganidan arzon narxda taqdim etildi va u keyingi reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallasa kerak.

O‘QING: Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!