Betakror va qulay Opera Touch brauzeri 1 oktyabrdan iPhone’lar uchun ham chiqadi

  •   DiMaX
  •  483
  •  18.09.2018 12:08

Betakror va qulay Opera Touch brauzeri 1 oktyabrdan iPhone’lar uchun ham chiqadi

Opera Software dasturchilari ushbu brauzerning yangicha talqini – Opera Touch ilovasini shu yilning bahorida chiqarishgan edi. Kompaniyaning rasmiy blogida xabar qilinishicha, endi uni iOS tizimli qurilmalar uchun ham taqdim etishayotir.

O‘QING: Qarshi oling: Opera Touch – bitta qo‘lda boshqarishga moslangan mobil brauzer!

Boshqa brauzerlardan farqli ravishda, Opera Touch bittagina qo‘l yordamida boshqarishga moslangan. Interfeysining pastki qismida tezkor kirish tugmachasi – FAB (Fast Action Button) joylashgan. Shuning o‘zidan qidiruvni tezda ochish mumkin. Agarda uni salgina bosib turilsa va biror tomonga surilsa, tegishli ravishda bir necha funksiyalardan birini bajaradi: yaqinda yopilgan varaqalarga o‘tish, sahifani yangilash, joriy varaqani yopish yoki kompyuterga jo‘natish kabi.

Bulardan tashqari, Opera Touch ilovasida xavfsizlikni ta’minlash uchun eng yangi texnologiyalar qo‘llangan. Brauzerda reklamani bloklash funksiyasiyam bor: uni yoqib qo‘ysangiz, ilova reklama bannerlarini cheklab qo‘yadi. Natijada sahifalar yanada tezroq ochiladi va trafik ham tejaladi.

«Opera Touch – an’anaviy veb-brauzerlarni maydonga chorlovchi mutlaqo yangi brauzer... Avgust oyida u betakror foydalanuvchi interfeysi uchun Red Dot Design Award sovrinini qo‘lga kiritdi», – deyishadi ishlab chiquvchilar.

O‘QING: Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!