Bezorilar hujum qilishdimi: videokamera yozuvidan foydalaning

  •   Saroy
  •  630
  •  13.10.2018 10:43

Bezorilar hujum qilishdimi: videokamera yozuvidan foydalaning

Shahar – bu qo‘rqinchli kuch, ba’zan esa o‘ta tajovuzkor. Ko‘chada siz janjallashib qolishingiz mumkin, talanchilarga duch kelishingiz mumkin, mashinangizga shikast yetkazadi. Xo‘sh, qonunbuzarni javobgarlikka qanday tortsa bo‘ladi? Albatta, bu yerda videokamera yozuvi juda muhim dalil bo‘ladi. Uni qanday qo‘lga kiritish mumkin? Quyida shu haqda.

Siz topshirgan ariza qaysi militsiya xodimining qo‘lida bo‘lishi mumkin? Topdingiz, uchastka nozirida. Agar siz kim hujum qilganini aniq bilsangiz arizada uning ismini ko‘rsating. Natijada uchastka noziri mojaroning ikkinchi ishtirokchisini ham so‘roqqa chaqiradi. Agar siz bilan uning bergan ko‘rsatmalari bir-biriga mos tushmasa, aynan shu yerda kamera yozuvi juda asqotadi. Hozir shaharning ko‘p joyiga kamera o‘rnatilmoqda. Agar ular samarali ishlayotgan bo‘lsa, jinoyatni topishda juda qo‘l keladi.

Ko‘p shaharlarda videokuzatuvning yagona markazi faoliyat olib boradi. U yerga qo‘ng‘iroq qilib videoyozuvni olish uchun ariza qoldirish mumkin. Ammo o‘zingizcha borib videoyozuvni olish qiyin. Oldin huquqtartibot organi vakillariga  murojaat qilish lozim, ular esa o‘z navbatida sizning arizangiz asosida yozuvni talab qilib olishi mumkin.

O‘QING:2020 yilda Yerdagi kameralar soni 1 mlrd.ga yetadi

Bunday markazlar yo‘q shaharlar bo‘lsa, tartib posbonlari janjal ro‘y bergan joyga boradi va yaqin orada videokuzatuv kamerasi o‘rnatilganmi, yo‘qmi tekshiradi. Tasavvur qiling, kamera shu yerdagi kafeda bor. U yerga tartib posboni «Xizmat bilan bog‘liq tekshiruv olib borilayotgani sababli...», deb so‘rov jo‘natadi .

Agar militsiya orqali olishning iloji bo‘lmasa, yana qanday yo‘l bilan yozuvni olish mumkin?

Yozuvni sizga hech kim ko‘rsatmaydi, berishga ham  hech kim majbur emas.  Ammo siz kameradan shaxsiy maqsadda foydalanayotgan ushbu kafe egasi yoki xususiy uy egasi bilan kelishsangiz bo‘ladi. Lekin shuni yodda tutingki, xususiy shaxs sizga rad javobini berishga haqqi bor, agar haqiqatan ham rad javobini olsangiz, shundan keyingina militsiyaga murojaat qilsangiz bo‘ladi. Ular esa qonun doirasida videoyozuvni talab qilib olishiga to‘g‘ri keladi.

O‘QING:«Malika» savdo markazida kuzatuv kameralari va jihozlari, domofonlarning narxlari (2017 yil 20 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!