«Bilakdagi smartfon» – Mi Watch chiqyapti: «jonli» surat va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  1515
  •  30.10.2019 11:20

«Bilakdagi smartfon» – Mi Watch chiqyapti: «jonli» surat va xususiyatlari

5 noyabr kuni Xiaomi yirik taqdimot o‘tkazishni rejalashtirgan, unda Mi CC9 Pro smartfoni va uning global bozorga chiqadigan kloni – Mi Note 10 modelini ko‘rsatadi. Shuningdek, korporatsiya bu tadbirida yangi poverbank hamda Xiaomi Mi Watch aqlli soatini ham namoyish etadi.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Xiaomi taqdimot arafasida Mi Watch rasmiy posterlarini tarqatdi. U ham xuddi Apple Watch (sotib olish) kabi kvadrat shaklda, hoshiyalari ham unga o‘xshash va boshqaruv tugmachasi ham o‘ng tomonida. Bir so‘z bilan aytganda, kompaniya o‘zining «Xitoycha Apple» degan tavsifiga mos yo‘l tutgan.

Korporatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi Mi Watch shunchaki smart-soat emas, balki «bilakdagi smartfon» bo‘ladi. Ushbu gadjet Wi-Fi orqali ulana oladi, GPS xizmatlari bilan ishlaydi, NFC moduli bilan kontaktsiz to‘lovlarga yaraydi va hokazo.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

Mi Watch xaridorlarga ikki xil – qora va kul rang korpuslarda taklif etiladi. Uning narxi hozircha noma’lum, ammo kupertinolik raqibidan ancha arzon bo‘lishi aniq.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 250 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli smart-braslet va aqlli soatlarni sotib olish mumkin.

O‘QING: Apple Watch Series 5 smart-soati namoyish etildi: narx va jihatlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.