Bilayn abonentlarini laqillatgan «ViaMobi» MChJga qarshi ish qo‘zg‘atildi

  •   DiMaX
  •  358
  •  22.05.2020 11:00

Bilayn abonentlarini laqillatgan «ViaMobi» MChJga qarshi ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi «ViaMobi» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Mazkur kompaniya Beeline Uzbekistan mobil operatori abonentlarga «G‘olib bo‘l va yutib ol!» aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot bergan, deb yozadi Agentlik.

O‘QING: Ubisoft biryo‘la Apple va Google’ni sudga berdi, lekin bosh aybdor – Alibaba! (+video)

Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste’molchilar so‘roviga binoan ularning telefon raqamlariga «Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999 so‘m» kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovni «ViaMobi» MChJ batafsil o‘rganib chiqqanidan so‘ng mazkur aksiyada ishtirok etishga e’tiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan oldi. Matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning ma’nosi o‘zgarib ketgan. Natijada abonentlar «Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin» (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning %msisdn% raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini 6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)» o‘rniga , «Sizning raqamingiz aksiya g‘olibi deb tanlandi» (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning ****** raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! 3 sonini 6767 raqamiga SMS yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)» mazmunida yuborilgan noto‘g‘ri matnni olganlar.

Ushbu reklama aksiyasida 749 ming iste’molchi ishtirok etgan bo‘lib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 milliard so‘mni tashkil etadi.

O‘QING: Beeline abonentlariga 3000 MBlik bonus «Beepul» berilyapti!

Shu munosabat bilan «ViaMobi» MChJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atildi.

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Mazkur holatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

Iste’molchilar «G‘olib bo‘l va yutib ol!» aksiyasi ishtirokchilari noto‘g‘ri reklama natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida Agentlik va «ViaMobi» MChJga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.