Bilayn LTE-roumingni yana 22 mamlakatda ishga tushirdi

Bilayn LTE-roumingni yana 22 mamlakatda ishga tushirdi

"Beeline" qator mamlakatlarda yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish xizmati ishga tushirilgani haqida e’lon qiladi: Avstriya (A1 operatori bilan), Ozarbayjon (AzerCell), Belarus (MTS), Belgiya (Orange), Vetnam (Viettel), Daniya (Telenor), Ispaniya (Orange), Qozog‘iston (Beeline), Kipr (PrimeTel), Xitoy (China Unicom), Lyuksemburg (Orange va Tango), Malta (GO mobile), Polsha (Polkomtel), Rossiya (Beeline), AQSh (AT&T), Tailand (Dtac), Turkiya (Turkcell), Filippinlar (Smart), Fransiya (Orange va SFR), Shveysariya (Salt va Swisscom), Shri-Lanka (Mobitel) va Yestoniya (Elisa).

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 1 iyunidan boshlab “Beeline”ning barcha abonentlari uchun roumingda to‘rtinchi avlod yuqori tezlikdagi mobil Internetning barcha afzalliklaridan foydalanish uchun ajoyib imkoniyat yaratilgan. Kompaniya 4G internet xizmati bilan ko‘pgina sayyohlik yo‘nalishlarini ta’minladi va ularning ayrimlarida bir nechta operatorlar tarmoqlari mavjud.

Chet eldagi sayohat chog‘ida tezkor Internetdan foydalanish uchun qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirishning hojati yo‘q. Shunchaki qurilma (smartfon yoki planshet) va sim karta 4G tizimida ishlashi lozim. Sim-kartani "Beeline" savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida 4G sim-kartaga almashtirish mumkin.

Omadingizni sinab ko‘ring!

Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti - Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib saytimizning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

O‘QING: UMS amaldagi abonentlar uchun Fresh-to‘plamlarini joriy qildi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!