Bill Geyts “yashil energetika”ni sarmoyalashtiradi

Bill Geyts “yashil energetika”ni sarmoyalashtiradi

AQShlik ulkan tadbirkor va filantrop Bill Geyts mablag‘ini yirik jamg‘arma tuzishga sarflaydigan bo‘ldi. Ko‘plab sarmoyachilariga ega bu jamg‘arma ekologik toza energiya ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar olib boradi. Bu loyihaga milliarder mo‘may mablag‘ sarflashni ko‘zlagan.

Microsoft rahbari, shuningdek, yaqin besh yil ichida ko‘plab innovatsion kashfiyotlar amalga oshirilishi va ular iqlim muammolariga yechim bo‘lishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz: Bill Geyts ko‘p marta dunyo boylari ro‘yxatida yetakchilik qilgan. 2015 yildagi reytingda 76 mlrd dollari bilan hanuz birinchi o‘rinda bormoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.