Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

  •   DiMaX
  •  733
  •  04.05.2021 12:39

Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

Microsoft hammuassisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda ajrashishlarini e’lon qilishdi. Ajralishning moliyaviy tomoni oshkor qilinmagan, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.

O‘QING: Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

«O‘zaro munosabatlarimiz ustida ko‘p mulohaza qilib, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qildik», deya ma’lum qilishdi Geyts va uning rafiqasi qo‘shma bayonotda.

Geytsning aytishicha, 27 yillik turmushda ular uch nafar ajoyib farzandni voyaga yetkazishgan va butun dunyoda faoliyat yuritadigan yirik xayriya jamg‘armasini yaratishgan.

«Biz jamg‘arma ustida birgalikda ishlashda davom etamiz, ammo endi hayotimizning ushbu bosqichida er-xotin sifatida o‘sishimiz mumkinligiga ishonmaymiz», dedi u.

Geyts dunyoning eng boy kishilari beshtaligiga kiradi, uning boyligi 130 milliard dollarga baholanadi.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»