Bill Geyts ajrashayotib, uning Microsoft’dan ketishiga sabab bo‘lgan «ishdagi ishq mojarosi» fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  761
  •  17.05.2021 17:03

Bill Geyts ajrashayotib, uning Microsoft’dan ketishiga sabab bo‘lgan «ishdagi ishq mojarosi» fosh bo‘ldi

Joriy oyning boshida Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda ajrashishlarini e’lon qilishgan. Shundan keyin esa Microsoft hammuassisining undan ketishiga sabab bo‘lgan voqea yuzaga chiqdi.

O‘QING: Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

The Wall Street Journal nashriga manbalarning ma’lum qilishicha, Bill Geyts o‘shanda IT-korporatsiya xodimalaridan biri bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan ekan. Voqea yuzasidan Microsoft direktorlar kengashi surishtiruv ishlarini boshlagan.

Kengash a’zolarining bir qismi o‘shanda, endi uning boshqaruvda qolishi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblagan. Natijada surishtiruvning yakuniga yetishini ham kutib o‘tirmasdan, Bill Geyts o‘z kompaniyasi rahbarligini tark etishga majbur bo‘lgan.

WSJ jurnalistlarining ta’kidlashlaricha, bu «ishdagi ishq mojarosi» bo‘yicha surishtiruv 2000 yili boshlangan. Lekin oradan yigirma yil o‘tibgina «qing‘ir ishning qiyig‘i chiqqan».

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!