Bill Geyts aynan qanday smartfondan foydalanishini ma'lum qildi

Bill Geyts aynan qanday smartfondan foydalanishini ma'lum qildi

Reddit ijtimoiy tarmog'ining AMA (Ask me anything - Xohlagan narsangizni so'rang) sessiyasida dunyoning eng boy odamlaridan biri, Bill Geyts o'zining kundalik telefoni sifatida Galaxy Z Fold 3 buklamafonidan foydalanishini aytdi. Milliarderning Android smartfonidan foydalanishi yangilik emas, chunki u bir necha yil avval iPhone'ni "tashlaganini" ma'lum qilgan edi, biroq, bu safar u aynan qaysi modeldagi smartfondan foydalanishi haqida birinchi marta ochiq gapirdi.

Geytsning aytishicha, bunday katta ekranli Galaxy Z Fold 3 bilan u buklamafondan ko'chma kompyuter sifatida ham telefon sifatida ham foydalana oladi va "boshqa hech gap yo'q". Shuningdek, u boshqa qurilmalarni ham sinab ko'rishini aytgan, lekin Galaxy Z Fold 3 hozircha u uchun sevimli smartfon.

Qizig'i shundaki, Bill Geyts o'zi asos solgan Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqaradigan va Galaxy Z Fold kabi bo'lmasada, har holda buklana oladigan Surface Duo kabi Android qurilmadan foydalanmaydi.

O'QING: 2022-yil birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfon qaysi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!