Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

  •   DiMaX
  •  585
  •  20.02.2021 10:27

Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

Microsoft asoschisi va sobiq bosh direktori Bill Geyts kuni kecha CNBC telekanaliga intervyu berdi. O‘z so‘zida u, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish uchun insoniyatga Ilon Mask kabi tadbirkorlar ko‘proq kerakligini aytgan.

O‘QING: Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

«Bizga ko‘proq Ilon Masklar zarur. Bizga sement, po‘lat quyish sanoatlarida ham, shuningdek boshqa barcha sohalarda ham Masklar kerak», deydi jahondagi uchinchi raqamli milliarder.

Geyts shuningdek, ko‘p martalik raketalarni yaratishga hamda elektromobillar ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi uchun Ilon Maskni qadrlashini ta’kidladi. «Uning Tesla’ni shunday darajaga olib chiqqani – fantastik hodisa. Bu – iqlim o‘zgarishi muammolariga yechim topishda elektromobillar maqbul hissa ekanligining namoyishidir. Menimcha, u o‘zi amalga oshirgan ishlar bilan faxrlanishi lozim», deydi Microsoft muassisi.

Qizig‘i shundaki, suhbatda muxbir undan o‘zi Tesla aksiyalarini sotib olgan yoki yo‘qligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ragan. Geyts bunga javoban, «o‘zining investitsiya usullarini muhokama qilmasligi»ni aytgan.

O‘QING: Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)