Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

  •   DiMaX
  •  1836
  •  17.04.2020 18:14

Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

Dunyodagi eng badavlat shaxslardan biri, Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts kelajakka oid bashoratlari bilan ham tanilgan. Jumladan, 2017 yilda u dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi.

O‘QING: Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Turli hududlarga tarqalgan koronavirus epidemiyasi o‘sha yerlarda vahimaga, oziq-ovqat taqchilligiga ham olib kelgani sir emas. Bu kasallik hozirda deyarli barcha mamlakatlarga yetib borib, pandemiya darajasiga chiqqan.

Epidemiya boshlangan joylarda kishilar vahimaga tushib, eng zaruriy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarini bozorlaru do‘konlardan talashib xarid qilganini ham barchamiz bilamiz. Ammo mazkur muammo Bill Geyts xonadonida bo‘lmagan – ular hali bu pandemiya boshlanmasidan avvalroq, har ehtimolga qarshi kerakli mahsulotlardan ko‘proq g‘amlab olishgan ekan. Bu haqda milliarderning rafiqasi Melinda Geyts kuni kecha BBC Radio Live’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

 «Bundan bir necha yil avval Bill ikkalamiz shu masalalarni muhokama qilgandik: agar toza suv umuman bo‘lmasa nima bo‘lardi? Ovqat yetishmay qolsa-chi? Qayerga borishimiz mumkin? Oila sifatida nimalar qila olamiz? Keyin biz har ehtimolga qarshi yerto‘lamizda oziq-ovqat mahsulotlari g‘amlab qo‘yishga kirishdik. Endi esa hammamiz bir xil vaziyatdamiz», degan Geyts xonim.

O‘QING: Kishida koronavirus bor-yo‘qligini endi Siri ham aytib bera oladi

Melinda Geyts qo‘shimcha qilishicha, ularda hoziroq koronavirusdan o‘zlarini himoyalay olishmaydi, zero, «Covid-19’ning oldini oluvchi vaksina yo‘q». Mazkur kasallik – qarshisida mutlaqo barcha insonlar o‘zaro teng bo‘lgan holatdir.

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts hozirda Microsoft rahbarligidan ketgan – u o‘zini butkul xayriya ishlariga bag‘ishlagan. Jumladan, koronavirusga qarshi kurash uchun u allaqachon 100 million dollar xayriya qilgan.

Darvoqe, bundan ham battar vaziyatlar uchun «Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» yaratilganidan xabaringiz bormidi? Shuningdek, AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti» ichkarisidan ko‘rsatilgan videoni ham e’lon qilganmiz...

O‘QING: Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.