Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

  •   DiMaX
  •  4399
  •  19.02.2020 14:55

Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts o‘zi uchun birinchi marta to‘liq elektrlashtirilgan avtomobil sotib oldi. Bu haqda u YouTube-bloger Markus Braunli kanali uchun bergan intervyusida aytgan.

O‘QING: Bill Geyts nega bu qizga naq 37 kilogramm sovg‘a jo‘natdi? (+video)

Bill Geyts biznesda muqobil energiyani qo‘llashga misol qilib Tesla kompaniyasini aytib o‘tgan, ammo u xarid qilgan elektromobil boshqa kompaniyaniki – Porsche Taycan Turbo modeli ekan.

Geyts suhbatda, elektrokarlar yurish zaxirasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan ortda qolishini aytgan. Shuningdek, Tesla kompaniyasida birorta ham ichki yonuv dvigatelli avtomobil yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.

O‘QING: CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

Porsche Taycan Turbo haqida gapirayotib, Bill Geyts bu o‘zining ilk elektromobili ekanini va o‘ziga juda yoqishini ta’kidlagan. Tvitter foydalanuvchilari bu borada Ilon (Elon) Mask fikri bilan ham qiziqishgan. Izoh yozganlardan biri, kuzatuvchilarning aksariyati Geyts fikriga quloq solishini, chunki u «aqlli yigit» ekanini ta’kidlagan. Mask bunga javoban, Bill Geyts bilan kechgan suhbatdan ta’sirlanmaganini aytgan, xolos.

Aytish kerakki, Porsche Taycan Turbo narxi 150 000 dollardan oshadi; Tesla esa o‘z elektrokarlarini bundan ancha arzon sotadi. Masalan, boshlang‘ich komplektatsiyadagi Model 3 elektromobili 35 000 dollar turadi – farq to‘rt baravardan ham ortiq!

O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov Toshkent ko‘chalarida tezlikni oshirib haydagan avtomashina – Model S esa Long Range Plus komplektatsiyasida 79 000 dollar turadi.

O‘QING: Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!