Bill Geyts: «Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashadi»

  •   DiMaX
  •  630
  •  16.10.2020 09:03

Bill Geyts: «Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashadi»

Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts kuzda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat avvalgidan ham yomonroq bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqda Fox Business ma’lumotigaa asoslaanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

«Kuz yozdagidan ko‘ra yomonroq bo‘ladi», — dedi u. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish darajasi allaqachon o‘sa boshlagan. Sovuq tushganda esa odamlar ko‘p vaqtini yopiq xonalarda o‘tkazishadi. Bu esa yuqtirishlar sonining oshishiga olib keladi.

Bundan tashqari, Microsoft asoschisi vaksina yaratilgunga qadar odamlarda virusga qarshi kurashishning yagona usul borligini, u ham bo‘lsa ularning xatti-harakati ekanligini ta’kidladi.

«Afsuski, bu borada bizda jiddiy charchoq va salbiy holatlar yig‘ilib qoldi. AQShda niqob tartibiga amal qilish aslida juda yomon ahvolda», — deya gapini tugatdi milliarder.

Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 tarqalishi ilk bor 2019 yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. O‘shandan buyon dunyo bo‘yicha jami 38,5 milliondan ortiq kishi kasallikka chalindi, 1,09 milliondan ortiq bemor hayotdan ko‘z yumdi. AQShda ayni vaqtda qariyb 8 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan.

O‘QING: Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!