Bill Geyts: «Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi»

  •   DiMaX
  •  797
  •  23.07.2020 17:01

Bill Geyts: «Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi»

COVID-19ga qarshi kurash uchun xayriya jamg‘armasi 300 million dollar ajratgan Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts  koronavirusga immunitet hosil bo‘lishi uchun odamga bir emas, bir nechta vaksina dozasi kerak bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda «CBS News» telekanaliga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

«Ayni vaqtda hech qaysi vaksina bir martalik dozadan so‘ng ta’sir qiladiganga o‘xshamayapti. Bunga boshida umid qilsa bo‘lardi», — dedi Geyts telekanalga bergan intervyusida.

Shunga qaramay, u ikkinchi avlodga mansub birorta vaksina kelgusida hayron qoldirishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

«Atigi ikkita dozadan umid qilyapmiz. Faqat keksalarga ko‘proq doza talab etilishi mumkin», — dedi Microsoft asoschisi «Qancha vaksina kerak bo‘ladi?» degan savolga javob berarkan.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi eng yirik donori hisoblanadi. U 2018-2019 yillarda tashkilot byudjetining 9,76 foizini ta’minladi. Jamg‘arma vaksina va dorilar ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

O‘QING: «Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi» – bunga o‘zi nima deydi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!