Bill Geyts: «Pandemiyadan so‘ng insoniyat yana ikkita xavfga duch keladi!»

  •   DiMaX
  •  576
  •  09.02.2021 08:41

Bill Geyts: «Pandemiyadan so‘ng insoniyat yana ikkita xavfga duch keladi!»

Microsoft asoschisi va sobiq rahbari Bill Geyts koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin insoniyatga xavf soladigan ikkita tahdidni sanab o‘tdi. Bu haqda uning Veritasium nomli YouTube-kanaliga bergan intervyusiga asoslanib, «RBK» xabar bermoqda.

O‘QING: Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

«Dunyo tayyor bo‘lmagan tahdidlardan biri bu – iqlim o‘zgarishi, – dedi Geyts. – Ushbu omil tufayli o‘limlar ko‘rsatkichi har yili oshib boradi».

Tadbirkor bioterrorizmni insoniyat uchun ikkinchi tahdid deb sanadi. «Zarar keltirishni istagan biror kishi virusni yarata oladi, demak, kelajakda bunga duch kelishimiz ehtimoli hozirgiga o‘xshash tabiiy epidemiyalarga qaraganda yuqoriroq», – dedi Geyts.

Yanvar oyi oxirida tadbirkor keyingi pandemiya SARS-CoV-2 virusi keltirganidan o‘n baravar yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu tahdidga jahon urushi xavfi bilan bir xil munosabatda bo‘lish kerak.

«Dunyo trillionlarni tejash va millionlab o‘limlarning oldini olish uchun milliardlarni sarf qilishi kerak. Men buni dunyo sotib olishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi va eng oqilona sug‘urta polisi deb bilaman. Yangi pandemiya muqarrar va agar insoniyatning omadi kelsa, u 20 yildan keyin boshlanadi, ammo uch yil ichida ham yuz berishi mumkin», – degan edi Geyts.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Bill Geyts 2020 yilning oktyabrida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashishini aytgan bo‘lsa, dekabr so‘ngiga kelib, «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi», degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi