Bill Geyts: «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi»

  •   DiMaX
  •  551
  •  24.12.2020 09:01

Bill Geyts: «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi»

Kelgusi oylarda ko‘plab mamlakatlarda vaksinatsiya boshlanganiga qaramay, yangi turdagi koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. Voqealarning bunday rivojlanishini Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘zining shaxsiy blogida ma’lum qildi, deb yozmoqda Xabar.uz.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashadi»

«Afsuski, biz hali ham qiyinchiliklarni yengmadik», — deb yozgan Geyts.

Uning fikricha, kompyuter modellari 2021 yilning dastlabki oylarida global muammolarning yomonlashuvini prognoz qilmoqda. Shuningdek, u virusning o‘ta yuqumliligi bilan ajralib turuvchi yangi mutatsiyasini o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

Milliarder tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash infeksiya tarqalishining oldini olishda samarali usullar ekanligini eslatib qo‘ydi.

Garchi ular boshqa cheklovlar singari keyingi yilda ham saqlanib qolsa-da, vaqt o‘tishi bilan vaksinalarning sharofati bilan vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi. Geyts vaksinalar samaradorligiga ishonmaydiganlar soni ko‘payib borayotganidan shikoyat qildi.

O‘QING: Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.