Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

  •   DiMaX
  •  744
  •  01.02.2021 17:42

Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

Emlash haqida ishonchsiz gaplarning tarqalishi koronavirus pandemiyasining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Microsoft asoschisi Bill Geyts shu fikrni Suddeutsche Zeitung nemis nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. U, shuningdek, pandemiyaga aloqasi borligi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

«Odamlar oddiy yechimlarni izlashi katta chaqiriqdir. Ularda bu pandemiya ortida kimdir turmaganmikin, degan savol tug‘iladi», deb aytgan Geyts.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, uning jamg‘armasi avval ham odamlar tomonidan vaksinaga ishonchsizlik bildirilishi holatiga duch kelgan.

«Poliomiyelitga qarshi kurash vaqtida Pokiston yoki Nigeriya kabi davlatlarda vaksina xavfsiz emasligi va ayollarda bepushtlikka olib kelishi haqida gaplar yurgandi», deb qo‘shimcha qilgan Geyts.

Milliarderning ta’kidlashicha, bunday xato qarashlarga qarshi kurashish uchun nufuzli odamlar, jamiyatning katta obro‘ga ega vakillari yoki diniy yetakchilarga murojaat qilish lozim. Ulargina vaksinaning ustunliklarini aholiga tushuntira olishlari mumkin.

O‘QING: Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytganedi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Bill Geyts 2020 yilning oktyabrida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashishini aytgan bo‘lsa, dekabr so‘ngiga kelib, «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi», degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!